INNOVATSION RIVOJLANISH VAZIRLIGI JURNALISTLAR UCHUN «ILM-FAN VA TARAQQIYOT» MAVZUSIDA TANLOV EʼLON QILADI

07.08.2020

O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi eng yaxshi jurnalistik materiallar uchun «Ilm-fan va taraqqiyot» mavzusida tanlov e’lon qilmoqda.

Tanlov maqsadi:

  • Ilm-fanni targʼib qilish, yoshlarning ilm-fanga qiziqishini oshirish;
  • Olimlar, tadqiqotchilarning innovatsion gʼoyalari va ishlanmalarini qoʼllab-quvvatlash boʼyicha olib borilayotgan ishlarni keng jamoatchilikka yetkazish;
  • Innovatsion rivojlanishda startaplarning oʼrnini yoritish.

Tanlov ishtirokchilari:

Tanlovda Oʼzbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritadigan davlat va xususiy ommaviy axborot vositalari (bosma ommaviy axborot vositalari, televideniye, radio, Internet nashrlari va boshqalar) vakillari ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov shartlari:

  • Oʼzbekiston Respublikasi «Ilm-fan va ilmiy faoliyat toʼgʼrisida» hamda «Innovatsion faoliyat toʼgʼrisida»gi Qonunlar, Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyati, respublikada faoliyat yuritayotgan olimlar, startapchilar, yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar, yosh tadqiqotchilarning qoʼlga kiritgan yutuqlari, ularning ilmiy, kasbiy faoliyatlarida roʼy bergan oʼzgarishlar haqida materiallar tayyorlash va ularni 15-avgustdan 15-oktyabrga qadar OАVda eʼlon qilish.
  • Eʼlon qilingan materiallarning nusxasini material eʼlon qilgandan soʼng uch kundan kechiktirmay Innovatsion rivojlanish vazirligi Аxborot xizmatiga taqdim etish.

Gʼoliblarni taqdirlash:

Eng yaxshi telemateriallar (televidenie)

1-oʼrin – 10 000 000 soʼm
2-oʼrin — 5 000 000 soʼm
3-oʼrin – 2 000 000 soʼm

Eng yaxshi radiomaterial (radio)

1-oʼrin – 10 000 000 soʼm
2-oʼrin — 5 000 000 soʼm
3-oʼrin – 2 000 000 soʼm

Eng yaxshi material (bosma ommaviy axborot vositalari)

1-oʼrin – 10 000 000 soʼm
2-oʼrin — 5 000 000 soʼm
3-oʼrin – 2 000 000 soʼm

Eng yaxshi internet material (internet jurnalistika)

1-oʼrin – 10 000 000 soʼm
2-oʼrin — 5 000 000 soʼm
3-oʼrin – 2 000 000 soʼm

Gʼoliblarni taqdirlash marosimi “InnoWeek-2020” innovatsion gʼoyalar haftaligi doirasida boʼlib oʼtadi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi Аxborot xizmati materiallarni tayyorlashda jurnalistlarga yordam berishga tayyor.

Maʼlumot uchun: +998 99 302-26-00, +998 97 131-36-96.

Manba: https://mininnovation.uz/oz/announcement/TanlovOAV

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

19 − six =