“INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM” MAVZUSIDA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA BO’LIB O’TDI

09.10.2021

Joriy yilning 8-oktabr kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo’limi tomonidan “Innovatsiya 2021: dolzarb muammolar va zamonaviy yechim” mavzusida Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi.

Konferensiya gibrid (onlayn/oflayn) shaklda tashkil qilingan bo’lib, oflayn formati O’zDJTU Forsayt markazida tashkil etildi.

Konferensiyaning maqsadi — innovatsion g’oya va takliflarning zamonaviy fan, ta’lim va ishlab chiqarishdagi o’rni va ahamiyatini ochib berish bo’lib, vazifalari — fan, ta’lim va ishlab chiqarish sohalarida mavjud muammolarni nazariy, ilmiy, amaliy tahlil etish hamda innovatsion yechimlarni taklif etishdan iborat.

Ilmiy-amaliy konferensiyada O’zDJTU rahbariyati, professor-o’qituvchilari, soha mutaxassislari va tadqiqotchilari, doktorantlar, talabalar ishtirok etishdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

1 × 1 =