SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTIDA XALQARO SEMINAR BO’LIB O’TDI

18.01.2022

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida joriy yilning 17-yanvar kuni “THE IMPORTANCE OF PROJECT-BASED LEARNING IN TEACHING RESEARICHING AND WRITING SKILLS” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.  Mazkur seminar Samarqand davlat chet tillar instituti professor-o’qituvchilari hamda xorijlik mutaxassislar hamkorligida tashkil etildi.

Seminar davomida ingliz tilini o’qitishda zamonaviy metodlar va ularning samarasi hamda amaliyotda qo’llash usullari kabilar borasida mulohazalar almashinildi. Shuningdek, Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida tashkil etilgan bugungi seminar 2 qismdan iborat bo’ldi.

Nazariy qismida o‘qituvchilarga metodlarni dars davomiga tadbiq etish usullari misollar asosida xorijlik mutaxassislar tomonidan ko‘rsatib berildi. Institut o‘qituvchilari D.Xolmurodova, L.Xoliqova va E.Guliyevalar o‘zlarining ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha targ‘ibot olib borib, o‘z tajribalarini o‘qituvchilarga master-klas tarzida taqdim etdi.

Amaliy qismida tadbirga qatnashuvchi o‘qituvchilar ishchi guruhlarga bo‘linib, seminar davomida olgan bilimlarini loyiha yaratish jarayonida amalda qo‘llab ko‘rdilar. Yaratilgan loyihalarni muhokama qilish orqali o‘qituvchilar bir-birlari bilan fikr va tajriba almashdilar. Jarayon so‘ngida seminar-trening tashkilotchi va qatnashchilari diplom va sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

2 + 20 =