“INTELLEKTUAL MULK HUQUQI” MUTAXASSISLIGI BO‘YICHA YANGI MAGISTRATURA YO‘NALISHI OCHILADI

03.07.2019

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda kun.uz.

Qaror bilan Intellektual mulk agentligi ijro etuvchi apparatining yangilangan tuzilmasi tasdiqlandi.

Agentlikning asosiy vazifasi intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari va boshqa intellektual mulk obektlarini huquqiy muhofaza qilish hisoblanadi.

2019/2020 o‘quv yilidan Toshkent davlat yuridik universitetida “Intellektual mulk huquqi” mutaxassisligi bo‘yicha yangi magistratura yo‘nalishi ochiladi.

Adliya vazirligi huzurida adliya vaziri raisligida intellektual mulk obektlarining huquqiy muhofazasi bilan bog‘liq bo‘lgan apellyatsiyalarni sudgacha ko‘rib chiquvchi Apellyatsiya kengashi tashkil etildi.

Qarorga muvofiq, quyidagi mezonlarga mos tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisi O‘zbekistonda hammaga ma’lum deb e’tirof etiladi:

  • tovar belgisi qo‘llaniladigan tovarlar yoki xizmatlarning turi iste’molchilar, uni tarqatadiganlar yoki unga aloqador ishbilarmonlar doirasida tanib olinishi;
  • avvaldan xos bo‘lgan yoki faol foydalanish natijasida vujudga kelgan yuqori farqlanish xususiyati;
  • O‘zbekiston hududida, Internet tarmog‘ining milliy segment domen nomlari tizimida tovar belgisidan keng foydalanish va uning reklama qilinishi;
  • respublikada uzoq muddat davomida va faol foydalanish natijasida vujudga kelgan tijorat qiymati.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

четырнадцать − девять =