«INTERACTIVE TOUR GUIDE COURSE» QISQA MUDDATLI KURSDA QATNASHISH UCHUN TANLOV E’LON QILINDI

04.06.2020

Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish instituti gidlik faoliyatini yangi boshlayotganlar uchun malaka oshirishlari maqsadida «Interactive tour guide course» qisqa muddatli kursda qatnashish uchun tanlov e’lon qiladi.

Kurs doirasida ishtirokchilar o’zlarining kasbiy mahoratlarini oshirib, ekskursiyalarni tashkil etish va o’tkazish bo’yicha Yevropa tajribasi bilan tanishishlari mumkin.

Kurs 3 qismdan iborat:

  1. How to stay healthy on tour
  2. How to deliver an amazing tour (Как организовать/представить удивительный тур);
  3. Group Tour Dynamics and Guest Interaction (Динамика группового тура и взаимодействие с гостями).

Kurs ingliz tilida muloqot qiladigan, kamida 3 yil ish tajribasiga ega yoki shu sohada  amaliyot o’tayotgan  gidlar uchun mo’ljallangan. Kurs muvaffaqiyatli yakunlangach, ishtirokchilarga xalqaro sertifikatlar beriladi.

O’tkazilish sanasi: 2020-yil 10-, 17-, 24-iyun.

O’tkazilish joyi: Zoom platformasi.

Kurs tili: ingliz.

Batafsil: https://uzbekistan.travel/ru/o/obyavlen-nabor-na-kratkosrochnyj-kurs-dlya-nachinayushchih-gidov/

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

twenty − 19 =