ITALIYA BILAN TA’LIM VA XALQARO HAMKORLIK ISTIQBOLLARI MUHOKAMA QILINDI

05.11.2026

Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat çet tillari institutida Italiya–Özbekiston Savdo palatasi (CIUZ) vitse-prezidenti, institutsional aloqalar böyiça mas’ul Marco Farci bilan uçraşuv taşkil etildi.

Taşrif doirasida mehmon Namangan viloyati hokimining birinçi örinbosari Z. Baxriddinov, Migratsiya agentligi Namangan viloyati hududiy filiali rahbari A. Olimov hamda Namangan viloyati Kasbiy ta’lim boşqarmasi boşliği A. Gaffarov iştirokida institut rektori R. Karimov boşçiligidagi rahbariyat tomonidan kutib olindi. Uçraşuvda institutning italyan va fransuz tillari böyiça xorijiy mutaxassisi Baccouçe Raçid ham qatnaşdi.

Muloqot davomida Özbekiston va Italiya örtasida ta’lim, professional kadrlar tayyorlaş hamda mehnat migratsiyasi sohalaridagi hamkorlikni rivojlantiriş imkoniyatlari körib çiqildi. Xususan, institutda italyan tilini öqitiş kölamini kengaytiriş, uşbu til böyiça yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaş va Italiyadan tajribali soha vakillarini ta’lim jarayoniga jalb etiş masalalariga e’tibor qaratildi.

Şuningdek, Italiya oliy ta’lim muassasalari bilan institutsional aloqalarni yölga qöyiş, 2+2, 3+1 va 1+1 şakllaridagi qöşma ta’lim dasturlarini taşkil etiş istiqbollari muhokama qilindi. Bunday hamkorlik formatlari orqali talabalar uçun akademik mobillik, Work and Travel dasturlari hamda boşqa xalqaro ta’lim loyihalarida iştirok etiş imkoniyatlarini kengaytiriş nazarda tutilmoqda.

Uçraşuvning muhim yönalişlaridan yana biri institut bitiruvçilarining bandligini ta’minlaş bilan boğliq böldi. Jumladan, bitiruvçilarni xalqaro mehnat bozori talablariga mos tayyorlaş, ularning kasbiy salohiyatini rivojlantiriş hamda Italiyada munosib iş örinlariga joylaşiş imkoniyatlarini kengaytiriş yuzasidan fikr almaşildi.

Muloqot yakunida italyan tilini rivojlantiriş, xorijiy mutaxassislarni ta’lim jarayoniga jalb etiş, Italiya universitetlari bilan akademik hamkorlikni mustahkamlaş va istiqbolda qöşma loyihalarni amalga oşiriş böyiça özaro kelişuvlarga erişildi.

Mazkur taşrif Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat çet tillari institutining xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytiriş, ta’lim jarayoniga xalqaro tajribani tatbiq etiş hamda talabalar va bitiruvçilar uçun yangi akademik va kasbiy imkoniyatlar yaratişga xizmat qiladi.