ITALIYANING TUSCIA UNIVERSITETI MAGISTRATURA DASTURLARIDA BEPUL O‘QISH IMKONIYATI

06.12.2023

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlik doirasida Italiyaning Tuscia universiteti barcha o‘zbekistonlik talabalarga magistratura dasturlarida bepul o‘qish imkoniyatini taqdim etadi

Bunda talabalar universitet to‘lovlaridan ozod etiladi, ammo Viterbo shahrida (Rimdan 50 km uzoqlikda) yashash xarajatlarini o’z hisobidan qoplashlari kerak. 

Ariza berish uchun magistrlik dasturining mas’ul professori bilan suhbatni oldindan band qilish kerak. Universitet eng iqtidorli talabalarga qo‘shimcha stipendiya berishi ham mumkin. 

Talablar: 
Bakalavr darajasi va bir bosqichli daraja uchun: kamida 12 yillik o‘qishdan so‘ng olingan o‘rta maktab diplomining asl/tasdiqlangan nusxasi (yoki unga tenglashtirilgan sertifikat), apostil qo‘yilgan yoki vakolatli Italiya konsulligi tomonidan qonuniylashtirilgan va italyan tiliga tasdiqlangan tarjimasi (asl hujjat ingliz tilida berilgan bo‘lsa, italyan tiliga tarjima talab qilinmaydi).

Magistratura uchun: kamida 3 o‘quv yilidan so‘ng olingan bakalavriat darajasining asl/tasdiqlangan nusxasi apostil bilan yoki vakolatli Italiya konsulligi tomonidan qonuniylashtirilgan va italyan tiliga tasdiqlangan tarjimasi (agar asl hujjat ingliz tilida berilgan bo‘lsa, italyan tiliga tarjima talab etilmaydi)  yozuvlar transkripti va Diplomga ilova.

Batafsil ma’lumot.