JURNALISTIKA BO’YICHA MAGISTRLIK DASTURIDA ISHTIROK ETISH UCHUN STIPENDIYA DASTURI

23.11.2020

Chet elda jurnalistika sohasida magistrlik darajasini olishni istagan talabalar uchun stipendiya dasturi e’lon qilinmoqda.

Jurnalistika, media va globallashuv sohasidagi magistratura dasturi — Erasmus Mundus butun dunyodagi bakalavr talabalaridan arizalarni qabul qiladi.

Ishtirokchilar ta’limning birinchi yilini Orxus universitetida (Daniya), ikkinchi yilini – Amsterdam, London yoki Praga universitetlaridan birida o’tkazadi.

Mundus Journalism Consortium ta’lim, sug’urta, transport xarajatlari va turar joy uchun 49 000 yevroga qadar bo’lgan stipendiyalarni taqdim etadi.

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodning ingliz tili darajasi yuqori bo’lishi kerak.

Arizalar 2021-yil 10-yanvargacha qabul qilinadi.

Dastur haqida batafsil ma’lumot olish uchun: https://mundusjournalism.com/

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

4 × five =