JURNALISTLAR UCHUN IJODIY TANLOV: “ILM, MA’RIFAT VA RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH YILI”

11.09.2020

«COSCOM» uyali aloqa operatori (Ucell savdo belgisi) jurnalistlar uchun «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili » mavzusida tanlov e’lon qiladi.

TANLOVDA ISHTIROK ETISH SHARTLARI VA MUDDATI:
Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi elektron va nashriy ommaviy axborot vositalarining vakillari bo‘lgan jurnalist va blogerlar, ish tajribasi, faoliyat sohasi va shaxsiy qarashlari, e’tiqodi, individual sifatlari bilan bog’liq boshqa sabablardan qat’i nazar, shaxsiy bloglar va Internet resurslar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovda O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarida: gazeta, jurnal, televideniye, radio, Internet nashrlar (Uz domeni) va shaxsiy bloglar, telegram kanallar, ijtimoiy tarmoqlar va axborot agentliklarida 2020 yil 7 sentabrdan 2020 yil 1 dekabrgacha e’lon qilingan ishlar tanlovda ishtirok etish uchun qabul qilinadi.

Tanlovga materiallar o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillarida qabul qilinadi.

Tanlov haqida batafsil: https://ucell.uz/uz/myucell/press_srv/Creative_competition_for_journalists

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

17 − ten =