“JURNALISTLAR UCHUN INGLIZ TILI DARSLARI” DASTURI UCHUN RO’YXATDAN O’TISH BOSHLANDI

15.10.2020

Ingliz tili darajasini oshirishga qiziqqan barcha jurnalistlarni «Jurnalistlar uchun ingliz tili darslari» dasturiga ariza topshirishga taklif qilamiz. Mazkur 6 oylik bepul interfaol onlayn mashg’ulotlar davomida siz ingliz tilida so’z boyligingizni oshirish, grammatikangizni yaxshilash, o’qish va yozish mahoratingizni rivojlantirish, yangiliklarni yorita olish qobiliyatini oshirish imkoniyatiga ega bo’lasiz.

Darslar 2020-yil 2-noyabrdan boshlanadi. Ro’yxatdan o’tish uchun https://forms.gle/R3ZTxts5ptsRTGSEA shaklini 2020-yil 27-oktabrgacha to’ldiring. Kursni muvaffaqiyatli tugatgan ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi.

Ishtirokchilar quyidagi talablarga javob berishlari kerak:

  • Jurnalistika faoliyati bilan shug’ullanishi;
  • Ingliz tili bo’yicha yaxshi boshlang’ich darajaga ega bo’lishi;
  • Dushanba va payshanba kunlari soat 18.00 dan 19.00 gacha mahalliy ingliz tili o’qituvchisi tomonidan olib boriladigan mashg’ulotlarda ishtirok etishi.

Yuqoridagi talablarga javob beradigan nomzodlar kurs o’qituvchisi tomonidan o’tkaziladigan onlayn suhbatga taklif qilinadi.

Dasturga qiziqqan va ko’proq ma’lumotga ega bo’lishni xohlovchilarni 20-oktabr kuni soat 18:00 da bo’lib o’tadigan brifingda quyidagi havola orqali ishtirok etishga taklif qilamiz: https://us04web.zoom.us/j/72062981790?pwd=emVyeHdOWjE0Tmw3RXpLSEZqS1lOdz09

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

4 + twenty =