JURNALISTLAR UCHUN MEDIACAMP AWARD — 2021 MINTAQAVIY TANLOVIGA MATERIALLAR QABUL QILINMOQDA!

04.06.2021

Agar siz jurnalist yoki ijtimoiy ahamiyatga ega kontent yaratuvchi bo‘lsangiz …

O‘z media-loyihangiz bo‘lsa …

Agar siz zo‘r reportaj tayyorlagan yoki qiziqarli voqeani yoritgan bo‘lsangiz …

 … albatta, jurnalistlar uchun o‘tkazilayotgan Markaziy Osiyo MediaCAMP Award 2021 tanlovida ishtirok etishingiz kerak.

Tanlovga 2020-yilning 1-iyunidan 2021-yilning 20-mayiga qadar Markaziy Osiyo mamlakatlarining birida mustaqil yoki davlat mediasida nashr etilgan istalgan format va janrdagi materiallarni (rus va milliy – qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman, o‘zbek tillarida) yuborishingiz mumkin.

Kamtarlik qilmang! O‘z asarlaringizni yuboring. Shoshilmang, eng sara materialingizni va mos keladigan nominatsiyani tanlang. Ammo buni paysalga ham solmang – qabul 2021 yil 1-iyul soat 23:59 da to‘xtatiladi.

Tanlov bilan bog‘liq barcha savollaringizni @UzMCAward_bot ga yuboring. Savollaringiz javobsiz qolmaydi!

MediaCAMP Award 2021 tanlovi MediaCAMP Markaziy Osiyo dasturi doirasida AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) ko‘magida amalga oshirilmoqda.

Tanlov shartlari bilan batafsil tanishish va ariza topshirish uchun quyidagi havolaga kiring: https://newreporter.org/uz/2021/05/31/zhurnalistlar-uchun-mediacamp-award-2021-mintaqavij-tanloviga-materiallar-qabul-qilamiz/

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

два × два =