KLETT-VERLAG KOMPANIYASINING NEMIS TILI DARSLIKLARINI TA’LIMGA JORIY ETILISHI MUHOKAMA QILINDI

10.10.2019

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Alisher Umarov Germaniya tashkilotlari delegatsiyasini qabul qildi.

Uchrashuvda Klett-Verlag kompaniyasining nashriyoti vakili X.Sheffer, Germaniyadagi chet el maktablari Markaziy boshqarmasi koordinatori (SFA) Barbara Dambolt hamda Toshkent shahridagi Gyote instituti Tillar bo‘limi boshlig‘i D.Muhammadaminovadan iborat delegatsiya vakillari tomonidan O‘zbekiston maktablarida Klett-Verlag kompaniyasining nemis tili darsliklarini joriy etish masalasi muhokama qilindi.

E’tiborli jihati, Klett-Verlag kompaniyasining nemis tili darsliklari Samarqand, Farg‘ona, Urganch va Toshkent shahridagi to‘rtta maktabda sinovdan o‘tkazilmoqda.

Xalq ta’limi vazirligi sinov natijalariga ko‘ra, o‘qituvchilar fikrini o‘rganib, Klett-Verlag darsliklarini sotib olish masalasini hal etadi.

Bugungi kunda mamlakatimizda 355,1 mingdan ortiq o‘quvchilar nemis tilini chet tili sifatida o‘rganmoqda. Respublikamiz umumta’lim maktablarida 3,1 mingga yaqin nemis tili o‘qituvchisi mehnat faoliyatini yuritmoqda. 9 ta maktabda esa nemis tili chuqur o‘rganilmoqda.

Ushbu darsliklarni xalqaro grant, xorijiy investitsiya va boshqa vositalar yordamida sotib olish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

два × один =