KOʻP TILLILIK VA MADANIYATLARARO MULOQOT MASALALARIGA BAG’ISHLANGAN XALQARO KONFERENSIYA TASHKIL ETILDI

24.10.2023

2023-yilning 23-oktabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining bosh binosida Ispan tili amaliy va nazariy fanlar kafedralari tomonidan “Koʻp tillilik va madaniyatlararo muloqot: tajriba va muammolar” mavzusiga bagʻishlangan Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi

Anjumanni OʻzDJTU rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich  ¨Chet tillarni oʻqitishda xalqaro tajriba va innovatsion yondashuvlarni oʻquv jarayoniga tatbiq etishning ahamiyati¨ nomli maʼruzasi bilan ochib berdi.

Tadbirda Ispaniyalik va Meksikalik professor-oʻqituvchilar ZOOM platformasi orqali ishtirok etishdi. 

Xalqaro ilmiy -amaliy anjumanda Oʻzbekistondagi bir qancha nufuzli universitetlarning professor-oʻqituvchilari, shuningdek, filologiya fanlari doktori, professor Rafael del Moral, Andrés Santana Arribas (Kadiz universiteti, Ispaniya) CUNEAC – Universitetning Sharqiy Evropa va Markazi Osiyo boʻyicha xalqaro markazi rahbari, Joaquín Bustamante de Costa (Kadiz universiteti professori), Utkir Burhonov (SamDChTI), Shamaxmudova Aziza Furkatovna (Ispan va italyan tillari kafedrasi professori, SamDChTI), Yakubov Jamoliddin Abduvalievich (OʻzDJTUning Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi professori), filologiya fanlari doktori Virna Velazquez (Meksikaning UAEMex professori), filologiya fanlari doktori Dilrabo Baxronova (OʻzDJTU professori, filologiya fanlari doktori) va boshqalar oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etdilar.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

twenty + 20 =