“KOMPYUTER LINGVISTIKASI: MUAMMO VA YECHIMLAR” MAVZUSIDA XALQARO KONFERENSIYA BO’LIB O’TMOQDA

16.05.2022

Bugun, 16-may kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida “Kompyuter lingvistikasi: muammo va yechimlar” mavzusidagi an’anaviy xalqaro ilmiy–amaliy onlayn konferensiyasi oʻtkazilmoqda.

Mazkur konferensiya Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Zamonaviy axborot texnologiyalari kafedrasi, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti, Rossiya Federatsiyasining Janubiy Federal universiteti, Adigey davlat universiteti hamda OʻzDJTU huzuridagi “Oʻzbekistonda xorijiy tillar” ilmiy-elektron jurnal va Internet portali hamkorligida tashkil etildi.

Konferensiya quyidagi shoʻbalar boʻyicha ish olib bormoqda:

  • Korpus texnologiyasi.
  • Kompyuter resurslari, ontologiyalar, tezauruslar va lugʻatlar.
  • Matnga morfologik, sintaktik va semantik ishlov berish texnologiyalari.
  • Mashina tarjima tizimlari va nutq texnologiyalari.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

12 − three =