KOREYA OLIY TA’LIM MUASSASALARI BILAN YAQINDAN HAMKORLIK QILISH ISTIQBOLLARI MUHOKAMA QILINDI

06.05.2023

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

2023-yil 5-may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Kim Hee Sang janoblari, Koreya elchisining Ta’lim masalalari bo‘yicha birinchi kotibi Kim Serah hamda elchining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha ikkinchi kotibi Baik Seonghee tashrif buyurdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Koreya munosabatlari, xususan, Koreya oliy ta’lim muassasalari bilan ta’lim, madaniyat va ijtimoiy-gumanitar sohalarda yaqindan hamkorlik qilish istiqbollari va hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari, shu bilan birga, Koreya Tashqi ishlar vazirining TDSHUga tashrifi bo‘yicha tashkiliy masalalar atroflicha muhokama qilindi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

15 + десять =