“MADANIYATLARARO ASPEKTDA SHARQ TILLARINI O‘QITISHNING DOLZARB MUAMMOLARI” | ILMIY-AMALIY ANJUMANDA ISHTIROK ETING

28.04.2022

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Sharq filologiyasi fakulteti Sizni 2022-yil 24-may kuni bo’lib o’tadigan “Madaniyatlararo aspektda Sharq tillarini o‘qitishning dolzarb muammolari” ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etishga taklif etadi.

Anjumanning maqsadi va vazifalari:

  • Madaniyatlararo aspektda Sharq tillarini o‘qitishning dolzarb muammolari  doirasida filologiya, metodika, falsafa, tarix,  sotsiolingvistika, lingvomadaniyat, tarjimashunoslik bo‘yicha ilmiy muammolar yuzasidan fikr almashish;
  • O‘zbekiston va Xitoy, Koreya, Yaponiya  hamda boshqa Sharq mamlakatlari o‘rtasidagi xalqaro ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish;
  • O‘zbekiston va Sharq mamlakatlari aloqalarining ustuvor  yo‘nalishlarini ilmiy o‘rganish orqali amaliy takliflar ishlab chiqish;
  • sharqshunoslik yo’nalishida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish; yosh olimlarning malakasini oshirish;
  • sharqshunoslikning dolzarb masalalariga oid hamkorlikda amalga oshiriladigan ilmiy mavzularni aniqlab, xalqaro miqyosdagi yangi ilmiy loyihalar bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  • O‘zbekiston va Sharq mamlakatlari fan va ta’lim tizimidagi ilg‘or tajribalar, innovatsiyalar bo‘yicha yangi ma’lumotlarga ega bo‘lish.

Anjuman quyidagi sho‘balarda ish yuritadi:
? Tilshunoslik
? Qiyosiy tilshunoslik
? Pedagogika
? Til o’qitish metodikasi
? Tarjimashunoslik
? Adabiyotshunoslik
? Tarix

Konferensiya materiallari quyidagi mavzularni qamrab oladi:

  • Sharqshunoslikka oid ilmiy va amaliy masalalar
  • Madaniyatlararo aspektda Sharq tillarini o‘qitish tamoyillari va innovatsion yondashuvlar
  • Sharq tillarida tarjimashunoslik masalalari
  • Konferensiya materiallari elektron to‘plam tarzida www.conference.fledu.uz saytida nashr etiladi.

Ilmiy maqolalar to‘plamiga DOI raqam beriladi va konferensiyaning eng yaxshi maqola mualliflariga sertifikat taqdim etiladi hamda Google Scholar, https://cyberleninka.ru/ platformasida indekslanadi.

Tashkilotchilar tezislarni saralash va tahrir qilish huquqiga ega.

Tezislarni rasmiylashtirishning texnik talablari:

Materiallar ilmiy maqolalar shaklida o‘zbek, rus, ingliz, sharq tillarida, qog‘oz va elektron nusxalarda (Times New Roman shrifti, 14 kegel, 1,5 intervalda 5-7 bet)  topshiriladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, ilmiy adabiyotlardan havola(snoska)lar har bir sahifa ostida bo‘lishi kerak. Annotatsiya (70-100 so‘zdan iborat) va kalit so‘zlar (5-10 so‘zdan iborat) 2tilda: ingliz tili va maqola yozilgan tilda bo‘lishi kerak (namunada  ko‘rsatilgan).

Maqolalarni qabul qilish muddati – 2022-yil 10-maygacha.

Tashkiliy qo’mita manzili:   Toshkent shahri, Uchtepa tumani, G9-A, UzDJTU Sharq filologiyasi fakulteti, 203-xona.

Konferensiya materiallarini yuborish uchun elektron manzil: ikromatyakubov@gmail.com

Murojaat uchun telefon raqami: +9989974454745                       
Telegram orqali bog‘lanish uchun: +998997 4454745

Batafsil ma’lumot quyidagi PDF hujjatda.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

9 − three =