MAGISTRATURAGA QABUL BO‘YICHA TURDOSH OLIY TA’LIM YO‘NALISHLARINING RO‘YXATI TASDIQLANDI

17.07.2019

2019/2020 o‘quv yili uchun magistraturaga qabul bo‘yicha turdosh oliy ta’lim yo‘nalishlarining ro‘yxati tasdiqlandi, deb xabar bermoqda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanali.

Barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilari 2019/2020 o‘quv yili uchun magistraturaga qabul bo‘yicha turdosh oliy ta’lim yo‘nalishlarining ro‘yxatiga kiritilmagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari negizidagi mutaxassisliklar, shuningdek, “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim”, “Xoreografiya (turlari bo‘yicha)”, “Dirijyorlik (turlari bo‘yicha)”, “Rejissyorlik (turlari bo‘yicha)”, “Aktyorlik san’ati (turlari bo‘yicha)” “Veterinariya” ta’lim yo‘nalishlari negizidagi mutaxassisliklardan tashqari istalgan magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha tanlovda qatnashish huquqiga ega.

Magistratura mutaxassisligiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini bitirgan bakalavrlardan tashqari, boshqa bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilari davlat grantlari asosida belgilangan maqsadli qabul parametrlari mavjud magistratura mutaxassisliklarida tanlovda qatnasha olmaydilar.

Quyidagi havola orqali turdosh oliy ta’lim yo‘nalishlarining ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin:

1 Comment so far

Jump into a conversation
  1. Асадбек
    #1 Асадбек 14 Iyul, 2020, 14:33

    Барча бакалавр таълим йўналишлари учун мос магистратура мутахассисликлари кўрсатилмаган ?

    Reply this comment

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

twenty − thirteen =