MAKTAB O’QITUVCHILARI UCHUN BEPUL TRAINING FOR ENGLISH TEACHERS (TET) DASTURI

14.04.2022

Chet tillarini o’qitish va o’rgatishni rivojlantirish maqsadida AU ta’lim maktabi butun mamlakat bo’ylab tanlangan ESL o’qituvchilari/instruktorlari uchun bepul o’qituvchilar tayyorlash dasturini taklif qiladi.

Ishtirokchilarga qulaylik yaratish maqsadida bir haftalik (dushanba-juma kunlari) yozgi intensiv dasturi tashkil etiladi. Dastur ishtirokchilari o’z pedogogik mahoratlarini oshirish va uni yangi bosqichga olib chiqish imkoniyatiga ega bo’lishadi.

«Ingliz tilini ikkinchi til sifatida o’qitish» yo’nalishi bo’yicha xalqaro magistr darajasiga ega professorlar tanlab olingan o’qituvchilarning talablari asosida o’qitish, sinfni boshqarish, baholash va ingliz tilini o’qitishning boshqa ko’plab noyob jihatlari bo’yicha o’z tajribalari bilan o’rtoqlashadilar. Dastur yakunida barcha ishtirokchilarga sertifikat taqdim etiladi.

Dasturning afzalliklari:

  • Bepul
  • Professional, tajribali va bilimdon o’qituvchilardan dars olish imkoniyati
  • Intensiv, maxsus ishlab chiqilgan interaktiv dastur
  • Sertifikat taqdim etiladi
  • Bepul turar joy

Dasturga qiziqqan nomzodlar 2022-yil 1-mayga qadar ro’yxatdan o’tishlari talab etiladi.

Ro’yxatdan o’tish uchun HAVOLA

AU ta’lim maktabi tomonidan tanlab olingan 60 nafar o’qituvchilar ushbu dasturda qatnashish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Joy: Toshkent shahri, Akfa universiteti

Vaqti qo’shimcha e’lon qilinadi (15-iyundan 15-iyul oralig’ida)

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

fourteen − four =