MARKAZIY OSIYODA BIRINCHI ILM-FAN VA TIBBIYOT JURNALISTIKASI MAKTABI BOSHLANDI

20.01.2021

18-29-yanvar kunlariga mo‘ljallangan, MediaCAMP Markaziy Osiyo dasturi doirasida mintaqada Birinchi ilm-fan va tibiyot jurnalistikasi maktabi o‘z ishini boshladi.

Mashg‘ulotlar ilm-fan haqida oson va tushunarli tilda hikoya qilmoqchi bo‘lgan jurnalistlar, muharrirlar, blogerlar, olimlar va ilm-fanni ommalashtirish tashabbuskorlari uchun mo‘ljallangan.

Darslar o‘zbek, rus, qozoq va tojik tillarida olib boriladi.

Ikki hafta davomida ishtirokchilar ma’ruzalar, interaktiv mashg‘ulotlar, test sinovlari, seminarlar orqali yangi bilimlar olishadi va ilm-fan hamda tibbiyot jurnalistikasi sohasida malaka, ko‘nikmalarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Maktab «Altыn Orken» jamg‘armasi (Qozog‘iston), «Lochvar» jamoatchilik tashkiloti (Tojikiston) va “Asanov formatti” telegram kanali (O‘zbekiston) hamkorligida tashkil etildi.

Loyihalar uchun qo‘yilgan asosiy talab — originallik va mahalliy jamoatchilikni imkon qadar keng miqyosida jalb etishga qaratilgan.

Shu yo‘sinda kurs ishtirokchilari — muxbirlar, muharrirlar, blogerlar va olimlar aholining yangi qatlamlarini qamrab oladi va umuman hududdagi ilm-fan va tibbiyot jurnalistikasi darajasini oshirishga o‘z hissasini qo‘shadi.

“… maktabning milliy tillarda o‘tkazilayotgani biz uchun muhim ahamiyatga ega. Koronavirus pandemiyasi atrofida paydo bo‘lgan «infodemiya» ishonchli, haqqoniy va yuqori sifatli axborotning qanchalar muhimligini bizga ko‘rsatib berdi…», — Marat Bigaliyev, Internews ning Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi direktori va MediaCAMP Markaziy Osiyo dasturi rahbari.

Maktab tugagandan so‘ng ishtirokchilar ustozlar rahbarligida ishlarni davom ettirishadi va ilm-fan hamda sog‘liqni saqlash mavzularida maqolalar chop etishadi.

Loyiha Markaziy Osiyo MediaCAMP dasturi doirasida AQSh Xalqaro taraqqiyot Agentligi (USAID) ko‘magi bilan amalga oshirilmoqda.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

11 + 2 =