MEDIA SAVODXONLIKNI RIVOJLANTIRISH LOYIHALARINI MOLIYAVIY QO‘LLAB-QUVVATLASH BO‘YICHA TANLOV

07.12.2020

Agar siz matbuot, notijorat, jamoat va ta’lim tashkilotlari, uyushmalarida faoliyat yuritsangiz va media va raqamli savodxonlikni rivojlantirish bo‘yicha loyihalaringiz bo‘lsa, sizda moliyaviy ko‘mak yutib olish imkoniyati bor.

Bundan tashqari tanlov g‘oliblari 2021-yil 2-6-fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan mintaqaviy onlayn «MediaCAMP Edyuton – 2021» tadbiriga taklif qilinadi.

Barcha loyihalarni o‘tkazish muddati: 2021-yil mart – avgust.

Arizalar 2020-yil 20-dekabr Nur-Sulton vaqti bilan soat 24 gacha qabul qilinadi.

Qo‘shimcha savollar yuzasidan Central-Asia-Applications@internews.org elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

Batafsil ma’lumot va tanlovda ishtirok etish uchun ariza to‘ldirish quyidagi havolada: https://newreporter.org/uz/2020/11/30/media-savodxonlikni-rivozhlantirish-lojihalarini-moliyavij-qollab-quvvatlash-bojicha-tanlov/

Loyiha Markaziy Osiyo MediaCAMP dasturi doirasida AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) ko‘magi bilan amalga oshiriladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

nineteen + fifteen =