MEDIALOYIHALAR TANLOVI

01.12.2020

Sizda original g‘oyalardan iborat qiziqarli media loyihalar bormi? Masalan, siz koronavirus sabab tibbiyot sohasida avj olgan muammolar, erishilgan yutuqlar, kichik va o‘rta biznes, xotin-qizlar huquqlari, yoshlar huquqlari mavzularida original kontent yarata olarsiz. Agar shunday bo‘lsa, Internewsning “Kichik format. Qishki oqim” tanlovida ishtirok eting.

Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin?

Nodavlat ommaviy axborot vositalari, internet nashrlari, gazeta va jurnallar, kichik telekompaniya, radiostansiyalar, prodyuscerlik studiyalari, mustaqil mualliflar, jurnalist, bloger, rassomlar, faollar va boshqa ijodiy guruhlar ishtirok etishi mumkin.

Moliyaviy ko‘mak miqdori qanchagacha bo‘lishi mumkin?

Kontent loyihalar mualliflari $3000 gacha mablag‘ga ega bo‘lishlari mumkin.

Tanlovning maqsadi – sifatli teledasturlar, maxsus reportajlar, hujjatli filmlar, longridlar, ijtimoiy tarmoqlardagi loyihalar, podkastlar, web-doklar, web-seriallar, multimedia hikoyalar, jurnalistik tadqiqotlar va boshqalarni ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashdir.

Arizalarni qabul qilishning so‘nggi muddati: 2020-yil 13-dekabr.

Tanlov haqida batafsi ma’lumotga ega bo‘lish va ariza yuborish uchun HAVOLAdan foydalaning.

Loyiha MediaCAMP Markaziy Osiyo dasturi doirasida AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) ko‘magi bilan amalga oshirilmoqda.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

three + eleven =