“MEN TANLAGAN KASB” MAVZUSIDA INSHOLAR TANLOVI EʼLON QILINDI

09.01.2023

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida tahsil olayotgan talabalar uchun qishki taʼtil vaqtida boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Men – tanlagan kasb” mavzusida insholar tanlovi eʼlon qiladi.

Insholaringizni 12 betlik daftarga yozgan holda yoki A4 formatda yozib PDF shaklda 18-yanvar kuni soat 20:00 ga qadar quyidagi telegram manzillariga (https://t.me/yuorknown, https://t.me/asqarbek0427 ) yuborishingiz soʻraladi.

Siz tomondan taqdim etilgan ijodiy ishlar mutaxassislar tomonidan mavzuni mazmun mohiyatini ochib berganligi, imloviy xatolari va insho yozish talablari asosida tekshirilib baholanadi.

Mazkur tanlov boʻyicha fakultetning yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosarlari va tyutoringizga murojaat qilishingiz mumkin.

Qadrli talabalar tanlovda faol ishtirok etib yuqori oʻrinlarni egallagan 3 nafar ishtirokchi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

O’zDJTU Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

four + 19 =