MINSK DAVLAT LINGVISTIKA UNIVERSITETI VA SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI O’RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

23.09.2021

22-sentabr kuni Belorus Respublikasining Minsk davlat lingvistika universiteti rektori Nataliya Yevgenevna Lapteva boshchiligidagi delegatsiya Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurdi.

Tashkil etilgan rasmiy uchrashuvda kelgusida qo’shma ta’lim dasturlarini tashkil etish, hamkorlik aloqalarini muntazam davom ettirish, professor-o’qituvchilar hamda talabalarning tajribasini oshirish, hamkorlikda o’quv adabiyotlari hamda darsliklar yaratish kabi yo’nalishlarda hamkorlik olib borish muhokama qilindi.

Rasmiy uchrashuv davomida Minsk davlat lingvistika universiteti va Samarqand davlat chet tillar instituti o’rtasida Hamkorlik Memorandumi imzolandi.

? Batafsil ma’lumot.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

1 × один =