MJDC DATA SCHOOLGA MARHAMAT!

19.05.2021 337

Maktab 3ta to‘rt kunlik Moduldan iborat. Ular 2021-yilning yoz-kuz oylarida Samarqand, Urganch va Farg‘ona shaharlarida bo‘lib o‘tadi.

O‘quv dasturi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Ma’lumotlar jurnalistikasiga kirish
  • Ochiq ma’lumot manbalari
  • Voqealarni ma’lumotlarga tayanib yoritish
  • Ma’lumotlar tahlili
  • Ma’lumotni vizualizatsiya qilish

O‘zbekistonning barcha hududlaridan 20 nafar jurnalist va bloger tanlab olinadi.

Maktabni tugatgan qatnashchilar mahalliy hamjamiyatlarda hamkasblari uchun mustaqil individual darslar o‘tadilar hamda o‘z DATA-hikoyalarini chop etadilar.

MJDC Data School – IDEM (Germaniya) ko‘magida O‘zbekiston Respublikasi zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazining “O‘zbekiston: OAV – ma’lumotlarning jurnalistik formatlari asosida yangiliklarni mustaqil yoritishni professionallashtirish” nomli loyihasining bir bo‘lagidir.

Maktabda o‘qish bepul.

Ma’lumotlar bilan ishlash ko‘nikmalarini oshirmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi arizani to‘ldiring: https://forms.gle/EbZF6qbGMRRwstT3A

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.