MONGABAY FONDI JURNALISTLAR UCHUN STIPENDIYAGA ARIZALARNI QABUL QILADI

18.05.2021

Mongabay Syu Palminteri fondi tomonidan moliyalashtiriladigan Syu Palminteri nomidagi stipendiyaga (Sue Palminteri WildTech Reporting Fellowship) nomzodlarni izlamoqda.

Tabiatni muhofaza qilish texnologiyalariga qiziqadigan jurnalistlar ingliz tilida ariza topshirishlari mumkin.

Onlayn dasturning boshlanishi – 2021-yil iyul.

Tanlab olingan jurnalistlar olti oy davomida qisman band bo‘lib, Mongabay.com uchun tabiatni asrashga yordam beradigan texnologiyalar bo‘yicha masofadan turib materiallar yozadilar.

Dastur qatnashchilariga 5000 AQSh dollari miqdorida pul mukofoti beriladi.

Arizalar dunyoning turli burchaklarida yashovchi jurnalistlardan qabul qilinadi.

Ariza topshirish muddati – 31-may.

Batafsil ma’lumot va ariza topshirish quyidagi havolada:
https://mongabay.org/programs/news/interns/

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

5 + десять =