“NAFAQAT O’ZBEKISTONDA, BALKI QO’SHNI MARKAZIY OSIYO MAMLAKATLARIDA HAM ANALOGLARIGA EGA BO’LMAGAN” YANGI ILMIY TADQIQOT INSTITUTLARI TASHKIL ETILDI

15.04.2022

Bugun, 15-aprel kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida yangi tashkil qilingan ilmiy tadqiqot institutlarining ochilishiga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirni qutlov so’zi bilan O’zDJTU rektori U.B.Azizov ochib berdi.

“Universitet o’z oldiga qo’yilgan ustuvor yo’nalishlarni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, ularni sifatli amalga oshirish, ilm-fan va ta’lim sohasini taraqqiy ettirish, mustaqil fikrlaydigan, yuksak ma’naviyatga ega bo’lgan yuqori salohiyatli mutaxassislarni tayyorlash uchun jami 8ta yo’nalishda ilmiy-tadqiqot institutlari tashkil etdi”, — deb ta’kidladi U.Azizov.

Tadbir davomida Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boshqarmasi, Hindiston elchixonasining Hind markazi,  «Nazariy va amaliy lingvistika» ilmiy tadqiqot instituti, «Adabiyotshunoslik» ilmiy tadqiqot instituti, «Tarjimashunoslik» ilmiy tadqiqot instituti, «Xorijiy tillarni o’qitish metodikasi» ilmiy tadqiqot instituti, «Media va kommunikatsiya» ilmiy tadqiqot instituti, «Ekologiya» ilmiy tadqiqot instituti, «Validatsiya» ilmiy tadqiqot instituti va «Ijtimoiy-jarayonlarni o’rganish» ilmiy tadqiqot institutlari vakillari o’z taqdimotlari bilan chiqish qildilar.

Taqdimotlarda ushbu ilmiy tadqiqot institutlari o’z faoliyat yo’nalishlari bo’yicha nafaqat O’zbekistonda, balki qo’shni Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham analoglariga ega emasligi alohida ta’kidlandi. Masalan, «Validatsiya» ilmiy tadqiqot instituti tasdiqlangan Nizomga muvofiq mamlakatimizda xorijiy tillar ta’limini sifat jihatdan jahon stantdartlariga aynan olib chiquvchi, innovatsion vazifalarni oldiga qo’ygan.

«Nazariy va amaliy lingvistika» ilmiy-tadqiqot instituti O’zbekistonda tilshunoslik sohasidagi ilmiy-nazariy va amaliy masalalarni yechish, soha rivojiga doir boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan.

Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, universitet qoshida tashkil etilgan yangi ilmiy tadqiqot institutlari mamlakatimizdagi ta’lim tizimi sifatini oshirish ishiga o’ziga xos ulush bo’lib qo’shiladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

ten − seven =