NAMANGAN DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTIDA ITALYAN TILINI O’QITISH YO’LGA QO’YILMOQDA

20.02.2023

Namangan Davlat chet tillari instituti Italiyaning Sannio, Kalabria va Piza universitetilari bilan hamkorlik o’rnatib kelmoqda.

Shu yilning 13-18 fevral kunlari institut rektor v.v.b. P.Lutfullayev Italiyaning Sannio universitetida bo’lib, ikki oliygoh o’rtasida tajriba almashish, yangi loyiha ishlab chiqish, talaba va o’qituvchi almashinuvini yo’lga qo’yish, institutda Italyan tilini ikkinchi til sifatida о‘qitishni boshlash uchun muzokaralar olib bordi.

Shu bilan birga Sannio universitetida tahsil olayotgan vatandosh talabalar bilan uchrashdi. Uchrashuv yakunida NamDChTI va Sannio universiteti o’rtasida shartnoma imzolandi. Kelgusida institutning Italiya OTMlari bilan hamkorligi davom etadi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

10 − two =