NEMIS TILI BO’YICHA DHOCH3 MEDIAMODULI TAQDIMOTINI O’TKAZIB YUBORMANG!

25.11.2020

 Xabar qilinganidek, joriy yilning 27-28-noyabr kunlari “Raqamli texnologiyalar davrida nemis tilini o’qitish” mavzusida xalqaro onlayn anjuman bo’lib o’tadi.

Anjuman jami 5 sho’badan iborat bo’lib, har bir qismda nemis tilini o’qitishning zamonaviy tendensiyalari yoritiladi.

Jumladan, anjumanning 4-sho’basi “Nemis tili bo’yicha multimediaviy o’quv materiallari va onlayn resurslarni yaratish va ta’lim jarayoniga tatbiq etish” masalalariga bag’ishlangan. Mazkur sho’ba doirasida professor Jorg Rochedan “Nemis tili bo’yicha Dhoch3 mediamoduli taqdimoti” kutilmoqda.

“Raqamli texnologiyalar davrida nemis tilini o’qitish” mavzusidagi xalqaro onlayn anjumanda ishtirok eting va ko’plab kutilmagan yangiliklardan boxabar bo’ling!

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

девять + три =