NOBEL MUKOFOTI LAUREATI NOMIDAGI LABORATORIYA OCHILDI

04.05.2023

Samarqand davlat universitetida Nobel mukofoti laureati Aziz Sanjar nomidagi laboratoriya ochildi.

Tantanali marosimda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov, Nobel mukofoti laureati, professor Aziz Sanjar, viloyat hokimi o‘rinbosari Xurshid Ochilov, Samarqand davlat universiteti rektori, professor Rustam Xolmurodov, soha olimlari hamda talabalar ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar kimyo yo‘nalishi bo‘yicha Nobel mukofoti laureati, AQShning Shimoliy Karolina universiteti professori Aziz Sanjarning nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyo ilm-fani rivojiga qo‘shayotgan hissasini alohida e’tirof etib, mazkur untversitetda tahsil olayotgan talabalardan, albatta, uning izdoshlari chiqishiga ishonch bildirishdi.

Yig‘ilganlar laboratoriyadagi imkoniyatlar, talabalar amaliyoti uchun keltirilgan jihozlar bilan tanishdi.

Shuningdek, professor Aziz Sanjar universitet talabalari bilan muloqot qilib, ilm-fanning hayotidagi o‘rni, O‘zbekiston ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida fikr-mulohazalarini bildirdi. Suhbat davomida olim yoshlarga hayotiy tavsiyalarini ham berdi.

https://edu.uz/uz

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

8 + nineteen =