NOBEL MUKOFOTI SOHIBI ISHTIROKIDA DAVRA SUHBATI BO‘LIB O‘TDI

30.11.2024

Kuni kecha Toshkentda “Markaziy Osiyo shaharlarini havo sifati yaxshilash va iqlim o‘zgarishiga qarshi hamkorlik” mavzusida xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbir qatnashchisi IPPC Tinchlik uchun Nobel mukofoti sohibi, professor Rae Kwon Chung havo sifatini boshqarish va iqlim o‘zgarishini yumshatish bo‘yicha shaharlarning salohiyatini kuchaytirishga qaratilgan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Xalqaro davra suhbatida mintaqaviy ilg‘or tajribalar asosida Markaziy Osiyo shaharlarida toza havo va iqlim o‘zgarishlarini tadqiq etish, havo sifati va iqlim bilan bog‘liq takliflar ko‘rib chiqildi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – havo sifatini boshqarish va iqlim o‘zgarishini yumshatish bo‘yicha shaharlarning salohiyatini kuchaytirish ehtiyojlari va imkoniyatlarini aniqlash, Markaziy Osiyo shaharlarida toza havo va iqlim choralarini ilgari surish uchun tegishli moliyalashtirish mexanizmlari, jumladan, qo‘shma kreditlash mexanizmi bilan manfaatdor tomonlarning siyosat, texnologiya va institutsional yechimlar haqida xabardorligini oshirish, mintaqaviy ilg‘or tajribalarni baham ko‘rish va ishtirokchi shaharlar o‘rtasida texnologiyalarni almashish, shuningdek, qo‘shma manfaatlar nuqtayi nazaridan salohiyatni oshirish bo‘yicha bilim almashinuviga ko‘maklashish, Markaziy Osiyo davlatlarining keyingi yillarda asosiy muammosiga aylanib kelayotgan  havo sifati va iqlim bilan bog‘liq har qanday muammo takliflarni ko‘rib chiqish va davlatlar o‘rtasidagi mana shu mavzu bo‘yicha bilim, tajriba va ko‘nikmalari bilan bo‘lishishish hisoblanadi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

one + 12 =