NYU-YORK JAMOATCHILIK KUTUBXONASI 300 000 DAN ORTIQ ELEKTRON KITOBLARNI BEPUL O’QISH IMKONIYATINI TAQDIM ETDI

15.04.2020

Nyu-York jamoatchilik kutubxonasi kitoblarni ingliz tilida o’qish va yuklab olishni istaganlar uchun bepul imkoniyatni taqdim etdi. Elektron kutubxonada 300 000 dan ortiq fantastika, badiiy bo’lmagan adabiyotlar, qisqa hikoyalar janrlaridagi va dunyoning turli tillari haqidagi kitoblar mavjud.

Bepul elektron kitobni mutolaa qilish uchun o’quvchilar SimplyE (IOS yoki Android) dasturini yuklab olishlari kerak bo’ladi. «Thrones of Game» yoki «Garri Potter» kabi mashhur nashrlar uchun biroz muddat kutish ro’yxati bo’lishi mumkin. Kutubxona mavjud kitoblar sonini ko’paytirish va barcha tashrif buyuruvchilar uchun kutish vaqtini qisqartirish maqsadida bir foydalanuvchiga bir vaqtda faqatgina uchta elektron kitob chiqarish limitini o’rnatdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

8 − 2 =