OʻZBEKISTON-XITOY RAVNAQIGA BAG’ISHLANGAN TADBIR TASHKIL ETILDI

13.12.2023

O’zbekiston davlat jahon tillari universitetiga Xitoy Xalq Respublikasi Stipendiyalar kengashi kotibiyati va Oliy taʼlim muassasalari rahbarlaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

XXR Stipendiyalar kengashi sekretariati Bosh kotibi oʻrinbosari Tian Lulu, XXR Stipendiyalar kengashi xalqaro talabalar bilan ishlash ofisi direktori Li Yanguang, XXR Stipendiyalar kengashi Yevropa, Osiyo va Afrika mamlakatlari boʻyicha loyiha menejeri Xuang Yuyebin, 80 nafardan iborat XXR OTMlari rahbar-xodimlaridan iborat mehmonlar OʻzDJTU rektori I.M. Tuxtasinov va universitet rahbariyati tomonidan kutib olindi.

Shuningdek, uchrashuvda Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor A.Nasirov, Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi X.Yuldashev, Sharq filologiyasi fakulteti dekani D.Djurayev, Xitoy filologiyasi kafedrasi mudiri Sh.Xakimova, Xitoy tili guruhi oʻqituvchi va talabalari ishtirok etishdi.

Tashrif doirasida “Oʻzbekiston-Xitoy ravnaqi” nomli tadbir tashkil etildi.

Koʻtarinki ruhda boshlangan tadbir avvalida rektor I.Tuxtasinov tomonidan Oʻzbekiston va Xitoy koʻp qirrali taʼlim sohasiga oid munosabatlarni yanada chuqurlashtirishga qatʼiy intilishi alohida taʼkidlandi.

Tadbirda Oʻzbekiston va Xitoy doʻstligi birdamligini tarannum etuvchi kuy-qoʻshiqlar yangradi, talaba-yoshlar tomonidan sahnaviy koʻrinishlar, milliy raqslar namoyishi boʻlib oʻtdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

тринадцать − два =