O‘ZDJTU REKTORI O‘ZBEKISTON VA ROSSIYA OTM REKTORLARINING MINTAQAVIY KONFERENSIYASIDA QATNASHMOQDA

08.04.2019

Bugun, 8-aprel kuni Rossiya Federatsiyasining Astraxan viloyatida O‘zbekiston va Rossiya oliy ta’lim muassasalari rektorlarining mintaqaviy konferensiyasi o‘z ishini boshladi.  

Astraxan davlat universitetida bo‘lib o‘tayotgan mazkur konferensiyada O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori G‘anisher Raximov ham ishchi tashrifi bilan qatnashmoqda.

Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, 2018-yil oktyabrda Toshkent shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston – Rossiya ta’lim forumi doirasida O‘zDJTU va Astraxan davlat universiteti o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.

Yana shunisi muhimki, O‘zbekiston va Rossiya OTMlarining mintaqaviy konferensiyasi O‘zDJTU uchun juda samarali bo‘lmoqda, buni universitetimiz rektori G‘anisher Raximov Rossiyaning bir qancha nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan bir qator ta’lim sohasida hamkorlik shartnomalarini imzolagani hamda Qo‘shma ta’lim dasturlari borasida kelishuvga erishilgani bilan ham tasdiqlash mumkin.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

1 + 7 =