OLIY TAʼLIM MUASSASALARIDA KASBIY, IJODIY IMTIHONLAR BOSHLANDI

01.08.2022

1–10-avgust kunlari mamlakatimizning 46 ta OTMda kasbiy imtihonlar boʻlib oʻtadi.

Obunachilar va abituriyentlar ota-onalariga imtihon jarayonlari haqida tezkor va batafsil maʼlumot berib borish maqsadida maxsus “Eduuzijodiy2022” telegram kanali faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Unda siz imtihonlar qaysi oliy taʼlim muassasasida boʻlib oʻtayotgani, imtihon oʻtkaziladigan joylar, oʻquv xonalarni jonli tarzda kuzatishingiz mumkin boʻladi. Shuningdek, maxsus kanalga imtihonlar haqidagi xabarlar (foto va videolavha) ham joylab boriladi.

Ijodiy imtihonlarni xolis va shaffof oʻtkazilishini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida jarayonlarga deputatlar, OAV vakillari, bloggerlar, davlat va jamoat arboblari ham taklif etilmoqda.

OTMda boʻlib oʻtayotgan imtihonlarni imtihon.edu.uz platformasi hamda oliygohlarning rasmiy YouTube kanallari orqali jonli kuzatib borishingiz mumkin.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

девять + 19 =