OLIY TA’LIM MUASSASALARI VAKOLATLARI KENGAYTIRILDI

19.06.2019

2019-yil 17-iyun kuni O‘zR Prezidentining «2019/2020 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Qaror bilan OTMlar rektorlari (filiallar direktorlari)ga to‘lov-kontrakt miqdorini belgilash huquqi berildi.

Jumladan:

chet el fuqarolarini to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi bo‘yicha O‘zR fuqarolari uchun belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda;

OTMning salohiyati va hududiy joylashuvi, shuningdek abituriyentlarning oliy ta’limga bo‘lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatining Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan minimal baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilash huquqi berildi.

Bunda, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kirish sinovlari natijasiga ko‘ra OTMlarga davlat buyurtmasi parametrlari doirasida o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlarning arizalariga muvofiq ularning to‘plagan ballari qat’iy ketma-ketligiga rioya etgan holda amalga oshiriladi.

Shuningdek, qaror bilan OTMlarga yangi o‘quv yilidan boshlab vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining (ish beruvchilar) ehtiyojlaridan kelib chiqib, kunduzgi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos bo‘lgan yo‘nalishlar doirasida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida sirtqi va kechki ta’lim shaklida o‘qitishni tashkil etish huquqi berildi.

Bunda, o‘qishga qabul qilish tegishli ish beruvchilarning tavsiyasi asosida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar keyinchalik ushbu tizimda besh yil ishlab berish sharti bilan ish faoliyatiga mos bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat natijalariga asosan amalga oshiriladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

four + 1 =