OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM SOHASIGA OID MUHIM FARMON E’LON QILINDI

12.07.2019

2019-yil 11-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy va o‘rta maxsus ta’lim sohasida boshqaruvni isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni e’lon qilindi.

Farmonga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi tugatildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Markazning barcha huquq va majburiyatlari hamda shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi etib belgilandi.

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab respublika oliy va kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qish uchun xorijiy fuqarolarni keng jalb qilish maqsadida OTM rektorlari (filiallar direktorlari), kasb-hunar ta’limi muassasalari direktorlariga:

  • xorijiy fuqarolarni o‘qitish uchun oliy va kasb-hunar ta’limi muassasalarida alohida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, magistratura mutaxassisliklari, kasblar va mutaxassisliklar ochish, ularni o‘qitish tili hamda akademik guruh shakllantirish uchun zarur talabalar (o‘quvchilar) sonini belgilash;
  • kasb-hunar ta’limi muassasalarida kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim olish istagida bo‘lgan xorijiy fuqarolarni o‘qitish muddati, davomiyligi va ularni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini belgilash huquqi berildi.

Kasb-hunar ta’limi markazi huzuridagi quyidagi tashkilotlar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining idoraviy bo‘ysunuviga o‘tkazildi:

  • Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti;
  • Metrologik nazorat xizmati;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari va ular tizimidagi kasb-hunar ta’lim muassasalari.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

one × 1 =