“OLTIN QALAM – XVI” MILLIY MUKOFOTI UCHUN XALQARO TANLOV E’LON QILINDI

31.03.2022

Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi milliy va xalqaro jurnalistikaning yutuqlarini keng ommalashtirish, OAV xodimlarining faol fuqarolik pozitsiyasini namoyon etishlari uchun sharoit yaratish, ijodiy faoliyatga yangicha yondashuvlarni qoʻllab-quvvatlash hamda milliy jurnalistika rivojiga hissa qoʻshish maqsadida Jahon matbuot erkinligi kuniga bagʻishlangan “Oltin qalam – XVI” milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlov – televideniye, radio, bosma nashrlar, internet-jurnalistika va chet ellik jurnalistning Oʻzbekiston haqidagi eng yaxshi materiali boʻyicha besh yoʻnalishda oʻtkaziladi.

Tanlovda (2021-yilning 31-martidan 2022-yilning 1-apreligacha) bosma va internet nashrlarda eʼlon qilingan, radio va televideniyeda efirga uzatilgan materiallar koʻrib chiqiladi.

Tanlovga taqdim etiladigan ijodiy ishlar soni 5 tadan kam boʻlmasligi shart. Materiallar tanlov matbuotda eʼlon qilingan kundan boshlab, shu yilning 15-apreligacha qabul qilinadi. Ijodiy ishlarning elektron versiyasi Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining jurnalistlar.uz saytidagi “Oltin qalam-XVI” sahifasiga joylashtiriladi.

ASOSIY MUKOFOTLAR

1 ta bosh milliy mukofot!

Televideniye boʻyicha

Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (1-, 2-, 3-oʻrinlar);

Radio boʻyicha

Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (1-,2-,3-oʻrinlar);

Bosma nashrlar boʻyicha

Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (1-, 2-, 3-oʻrinlar);

Internet nashrlar boʻyicha

Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (1-, 2-, 3-oʻrinlar).

Chet ellik jurnalistning Oʻzbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun – 1 ta birinchi oʻrin, 4 ta ikkinchi oʻrin.TV, radio, bosma va internet nashrlar.

SHUNINGDEK, RAGʻBATLANTIRUVCHI MUKOFOTLAR

Inson qadrini ulugʻlashga bagʻishlangan eng yaxshi materiallari uchun;

Oila va mahalla mavzusi eng yaxshi yoritilgan materiallari uchun;

Oʻzbekiston tarixi yoritilgan eng yaxshi materiallari uchun;

Eng yaxshi axborot xizmati;

Eng yaxshi fotoreportaj.

Bosma va internet materiallari asl yoki koʻchirma nusxada (bosma yoki internet nashrda chop etilgani hamda qogʻozda qisqacha mazmuni bayoni) va ularning elektron versiyasi taqdim etilishi lozim.

Video materiallar 3 daqiqadan 30 daqiqagacha boʻlishi va flesh karta (tashqi xotira qurilmasi) imkon qadar rangli formatda, annotatsiyasi (qogʻozda qisqacha mazmuni bayoni) bilan birga taqdim etilishi kerak.

Audio materiallar esa 5 daqiqadan 30 daqiqagacha boʻlishi va audio materiallar flesh karta (tashqi xotira qurilmasi)da, annotatsiyasi (qogʻozda qisqacha mazmuni bayoni) bilan birga taqdim etilishi lozim.

Materiallarga quyidagi maʼlumotlar ilova qilinishi shart.

Muallifning ismi- sharifi, pasport nusxasi, ish faoliyati haqida qisqacha maʼlumot (obyektivka), manzili va aloqa uchun telefon raqami.

Tahririyatlar uchun esa Bosh muharrirning ismi-sharifi, tahririyat manzili va roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnoma nusxasi.

Tanlovga taqdim etilgan materiallar qaytarilmaydi.

Tantanali taqdirlash marosimi 2022-yil 3-may – Jahon matbuot erkinligi kuni oʻtkaziladi.

Ijodiy ishlar “Oltin qalam” tanloviga deb koʻrsatilgan holda quyidagi manzilga yuborilishi lozim: 100129, Toshkent sh., Navoiy koʻchasi 30-uy, 3-qavat 5- va 8- xonalar.

Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi.

Murojaat uchun telefonlar: 71 -244-64-62, 71-244-37-87, 71- 244-64-61,

Telegram raqam: 99-592-05-48.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

2 × five =