ONLAYN OLIMPIADALAR HAFTALIGI OCHIQ DEB E’LON QILANDI | YUTUQ IPHONE 13 PRO

07.01.2022

7 kunda 7 ta Iphone 13 PRO. Bunaqasi hali bo‘lmagan! Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi onlayn olimpiadalar haftaligini ochiq deb e’lon qiladi!

Aziz talabalar! Ta’tilda zerikdingizmi? Iphone 13 PRO sohibi bo‘lishni istaysizmi? Unda o‘z bilimingizni sinab ko‘ring!

Telegram ilovasida @jonlitestbot dan ro‘yxatdan o‘ting va quyidagi mavzularda test yeching! Eng yuqori ball sohibi Iphone 13 PRO ni qo‘lga kiritadi:

  • 7-yanvar – aniq fanlar (matematika, fizika)
  • 8-yanvar – o‘zbek tili va adabiyoti
  • 9-yanvar – O‘zbekiston va jahon tarixi
  • 10-yanvar – ingliz tili
  • 11-yanvar – mantiqiy savollar va psixologiya
  • 12-yanvar – IT bilimdoni
  • 13-yanvar – dunyo xaritasi

Eslatma: Olimpiadada O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yurituvchi OTMlar talabalari g‘olib deb topiladi. Ya’ni testlarni istalgan shaxs yechishi va turli ballarni toplashi mumkin, faqat bosh sovrinni ayni paytda talaba bo’lganlargina qo’lga kiritadi (talabalik guvohnomasi asosida sovrin topshiriladi).

Har kuni soat 09:00 da bitta yo‘nalishda 50 ta test savoli beriladi va 23:59 da yakunlanadi.

Ballar teng bo‘lib qolganda takroriy test o‘tkaziladi. Bir kishi faqat bitta yo‘nalishda bosh sovrinni qo‘lga kiritishi mumkin.

Ishtirok etish mutlaqo bepul!

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

пять − два =