O’QITUVCHI VA O’QUVCHINING ORASIDA JARLIKKA O’RIN YO’Q!

01.03.2022
Kuzatish va talqin

Ta’lim jarayonida tutor yoki o’qituvchi o’quvchi va talabalarni ikki xil baholaydi. Birinchi baholash jarayoni – kuzatish, ikkinchisi – tahlil qilish bo’lib, birinchisida tashqi belgilarga e’tibor qaratilsa, ikkinchisida harakatlar va o’zini tutishi, yuz ifodasi hamda ko’z qarashlari va hokazolardan kelib chiqib xulosa qilinadi.

Masalan, birinchi baholash uslubida auditoriyadagi talabalar orasida qizlarning ko’pligi, ularning ba’zilari kompyuter ishlatayotgani kabi tashqi ko’rinishi kabi xulosalarga kelinsa, ikkinchisi talabalarning o’zini tutishiga qarab tahlil qilinadi. Misol uchun bitta talaba soatga tez – tez qarayapti. Bu uning biror joyga shoshayotganini emas, balki, darsning uzoq cho’zilayotganini, ya’ni darsdan zerikkanini anglatadi. Quloqchinlar taqib olgan, telefonidan ko’z uzmayotgan yoki dars vaqtida boshqa fandan dars qilib o’tirgan talabalar darsdan qoniqmayotganini, odatda dars ularning darajasiga mos emasligini anglatadi.

Biror qiziqarli mavzuni o’rtaga tashlang

O’qituvchi uni tinglayotganlarni aniqlash uchun orada savol tashlab turadi. Ayrim talabalar tez va to’g’ri javob qaytarishi yo talabaning darsni sinchikovlik bilan kuzatayotganini yoki o’qituvchining talaba javobini avvaldan bilgan oddiy savol berganini bildiradi. Savolga javob berishda ikkilanib turgan yoki davraga qo’shilib keta olmayotgan talabalarga esa dars yetarlicha yetib bormagan bo’ladi. Ular odatda dars paytida o’zlarini yomon his qiladi. Esnaydi, boshlarini partaga qo’yib oladi yoki sherigi bilan gaplashib o’tiradi. Bunday holatlarda o’qituvchi darsni biroz muddatga to’xtatishi, xona oynalarini ochib qo’yishi va biror qiziqarli va darsga oid (!) mavzuni o’rtaga tashlab, talabalarni darsga qaytarishi kerak. Eng muhimi o’qituvchi yaxshi kayfiyatda bo’lishi kerak.

Talaba yoki o’quvchilarning yomon kayfiyati yoki noroziligi o’qituvchi kayfiyatiga ta’sir qilmasligiga harakat qilishi lozim. Shuningdek, dars qiziqarli bo’lishi uchun bir kun avval darsga tayyorgarlik ko’rayotganda u qanday savol beradi, bu qanday javob berishi mumkin kabi savollarni oldiga qo’yib, reja tuzib olishi kerak.

Rubrika

Keyingi bosqich rubrika. O’qituvchi dars beribgina qolmay, oʼquvchilarga oʼtilgan dars bo’yicha topshiriqlar beradi. Albatta, topshiriqlarni bajarish birinchi navbatda oʼquvchi uchun muhim. Oʼquvchi oʼzining natijalariga qarab harakat qiladi. Oʼqituvchi esa oʼquvchining salohiyati asosida dars texnikasini belgilaydi.  Topshiriqlar milliy an’anaga mos ravishda «3», » 4″, «5» yoki «2» qo’yib baholanadi. Shundan so’ng tabiiy ravishda “Qayerda xato qildim?” degan savol paydo bo’ladi. Endi bu bosqichda oʼqituvchi har bitta xatoga qayta bu xatoga yo’l qo’ymasliklari uchun ogʼzaki yoki yozma ravishda izoh beradi. Bu jarayonda hech qachon «dabdala», «rasvo» kabi so’zlar ishlatilmaydi. Balki, “Biroz harakat qilsang, «3» bo’lardi, esizgina!” deb qo’yiladi. Ya’ni olgan bahosidan balandoq baho olishi mumkinligini ta’kidlab, o’quvchida umid uyg’otish kerak.

Bogʼcha yoki maktabning quyi sinf o’quvchilari bilan ishlaganda ishlayotganda ish yana ham oddiy amalga oshadi. Ularning musiqa daftariga smayliklar yopishtirish bilan bu masala hal bo’ladi. Smayliklarning oʼzgarib borishi va ularni yigʼishga boʼlgan qiziqish bolani gʼayratlantiradi.

Baholar o’rnida so’zlarni qo’llang

Boshlang’ich maktablarda ingliz tili o’tayotgan o’qituvchi xatolarga boy oʼquvchiga «good», bir nechta xatolari bori uchun «very good», umuman xato qilmaganlariga «well», ishiga boshqacha creative yondashgan bolajonning vazifasining quyi qismiga «perfect» deb yozib qo’ysa kifoya. Bunda hech qachon «bad» yoki «very bad» deyish mumkin emas.

Controversial School Discipline: Collective and Corporal Punishment in  Schools - Learning Liftoff

Tarbiyachilikdagi eng muhim qoidalardan biri: oʼqituvchi hech qachon «notoʻgʻri «, » to’g’ri-ku, lekin» iboralarini ishlatmay, vaziyatdan chiqib ketishi, auditoriyaga savol tashlab, to’g’ri javob qandayligini boshqacha yo’l bilan tushuntirish kerak. Masalan, falonchi javobni topsa, «barakalla», «xuddi shunday», deb javob beriladi. Agarda hech kim to’g’ri javob bermasa, «unda yozamiz», deb qoidani daftarga yozdirib qo’yiladi.

Do’stona muhit qanday yaratiladi?
Group of school kids with teacher in classroom Stock Photo by  ©Syda_Productions 59388327

5-12 kishilik guruhlarda do’stona muhit yaratiladi, imkon qadar har bir talabadan fikri so’raladi. Olimlar aytgan darsni miya qabul qilishi uchun ajratilgan 30 – 45 daqiqa davomida 10 minut eski dars esga olinadi. O’ttiz minut atrofida yangi mavzu tushuntirilib bo’lgach, topshiriq beriladi, darsga doir suhbat boshlanadi, yoki jamoaviy o’yin o’ynaladi. Shunda talabalar darsdan zerikib qolmaydi, balki, vaqt qanday o’tganini sezmay qolishadi.

Chet el uslubiga tayangan holda birinchi qoida: o’qituvchi o’tirib olmasligi, dars davomida imkon qadar tik turishi, agarda charchab ketganda, talabalar davrasidan biror bo’sh joyga o’tirishi yoki stulini olib borib, davraga qo’shilib o’tirishi kerak. Ko’pincha kichik guruhlarda aylanma stol samarali foyda beradi. Shuningdek, talabalar mashg’ulotni bajarish bilan band bo’lganda tarqatma materiallarni o’qituvchi o’zi tarqatadi. Boshqa vaziyatda biror talabani navatchi qiladi.

O’qituvchi va o’quvchining orasida jarlikka o’rin yo’q!

Zamonaviy Ta’lim sohasida o’qituvchi qo’shimcha topshiriqlarni «SMS» xabar ko’rinishida yuborishi va talabalarning savollariga javob berishi mumkin.

Qolaversa, guruh rahbarlari odatda bir – bir yarim oyda bir bo’lsa ham guruhini teatr, muzey yoki botanika bog’iga olib borishi, yoki hech bo’lmaganda, o’quv binosining tashqarisidagi ochiq maydon yoki kutubxonasida noodatiy dars o’tishi mumkin.

Lakewood Center - “A good teacher can inspire hope, ignite the imagination,  and instill a love of learning.” – Brad Henry. Thank you to all our amazing  teachers today and every day.
Auditoriyaga qiziqishlari bo’yicha yondashaylik

Misol uchun bir o’qituvchi guruhga Amerika prezidentlarining ismini yodlatishi kerak. Guruh bundan bosh tortadi. O’qituvchi guruhdagi barchaning qulog’ida naushnikni ko’rgach, qanday musiqalarga qiziqishi haqida so’raydi. Ular eshitayotgan musiqalarni eshitib ko’rib, kelgusi darsga talabalarga yoqadigan uslubni tanlab, Amerika prezidentlarining ismi yozilgan qo’shiq yozib keladi. Nazoratchi kirib, topshiriqni so’raydi. To’palonchi bolalar topshiriqni qo’shiq qilib kuylab berishadi. G’ayri tabiiy yo’l bilan bo’lsa ham muhimi natijaga erishildi.

Nizolarni bartaraf etish uchun dildan suhbat

Yana bir voqeada talabalar 2 guruhga bo’linib olib, bir – biri bilan urishib yurishadi. O’qituvchi guruhdagi talabalarni qarama – qarshi turgizib, ularga hayotida boshdan kechirgan og’ir voqealarni hikoya qilib berishni so’raydi. Bitta hikoya va bir qadam oldinga yurish. Dastlab talabalar nafratlangan sheriklariga qarab turishni ham xohlamaydi. Hikoya boshlanadi. Bir – biridan og’ir kunlar. Talabalarning boshdan kechirganlari… Hikoya ketidan hikoyalar, talabalar bir – birining voqealarini to’ldirib, qarabsizki, juda yaqin kelib qolishganda, o’rtadagi adovatdan asar ham qolmaydi. Uning o’rinida rahm – shafqat tuyg’ulari paydo bo’ladi. Albatta, odam tug’ilganidan urishqoq bo’lmaydi. Qaysidir holat uni sindiradi. U yoki sinadi yoki boshqalarni sindirar darajada kuchga ega bo’ladi. Masalani esa oddiygina suhbat bilan hal qilish mumkin.

Adorable Happy Schoolchildren Running by School Corridor Together with  Teacher Stock Photo - Image of africanamerican, caucasianwoman: 127750778
Bo’lib tashlab hukmron bo’lmang!

Tadbirli o’qituvchi talabalariga o’z bolasidek, aka – ukalaridek yondashadi. Ularni bir xil ko’radi. Ularning har biridan bir fazilat izlaydi. Topadi ham. Kimdir uyquchi, uhlab, darsga kech qolib yuradi. U bir gal ertaroq keldi. O’qituvchi uni juda katta ish qilgandek, rag’batlantiradi. «Qayerdan quyosh chiqdi?» yoki «Yog’och sindirib yuborsak bo’lar ekan» emas, «Erta kelganing yaxshi bo’libdi, bir yangiligim bor edi» yoki «Bugun kattaroq mavzu o’tamiz», kabi o’z tajribalaridan kelib chiqib, quvonchini boshqacha yo’l bilan bildirib qo’yadi. O’quvchilar keyingi safar kech qolmaydi, aksincha ertaroq borishga va ustozini quvontirishga harakat qiladi.

Ta’lim beruvchi aybdormi?

– Nega matematikani o’rganmading?

– O’qituvchimiz yolchitib darsga kirmasdi.

– Nima, matematika kitobingni ochib o’qisang bo’lmasmidi? Har bitta mavzuning boshida tushuntirilish berilgan. Bir boshdan o’qib chiqsang ham ancha narsa o’rganvolarding.

– Unda o’qituvchining nima keragi bor?!

This summer, ask your bored child: Was last school year too easy or too  hard? - Head in the Sand

Yuqoridagi misoldagidek dialog deyarli tez – tez takrorlanadi. Tanganing ikki tomoni bor, deganlaridek, yuqoridagi holatda agar bolaning o’zida matematikaga qiziqish bo’lganida u boshqa o’qituvchiga borib bo’lsa ham tushuntirishi so’raydi. Imkoni bo’lsa, qo’shimcha mashg’ulotlarga qatnardi. Bunday holatda tushgan o’qishga ishtiyoqi bor bola o’zini qafasda turgandek his qiladi, yo’l topib vaziyatdan chiqib ketadi. Afsuski, bunday holatda agar o’qituvchiga quloq solinsa, muhitning yomonligi, bolalarning tarbiyasizligi yoki o’ta darajada harakatsiz, qoloqligidan shikoyat qiladi. Va shuning uchun ham hamma ham bu sohada ishlab qolavermaydi. Shuning uchun o’qituvchilik insondan katta mahorat va sabr talab qiladi.

Be a Happy Teacher | iteach | Online Teacher Certification

Yuqorida o’qib – o’rganganlarim va tutorlik faoliyatim davomida o’zim uchun qonun qilib olgan narsalarimning ayrimlarini yozdim. Xulosa qilib aytganda, ta’lim sohasi faqatgina oliy toifali o’qituvchi yoki o’quv zamonaviy o’quv jihozlari bilangina gullab – yashnab ketmaydi. Ta’lim sohasini rivojlantirish uchun o’qituvchi va o’quvchilarning eng kamida mikro – madaniyatlarni yaxshi bilishi talab qilinadi. Shundagina konfliktlar kelib chiqmaydi. Do’stona muhit yaratiladi.

Muhammad Olim Nuriyahonim Ullug’bek qizi
O’zDJUT, Media va kummunikatsiya fakulteti 3 – bosqich talabasi

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

fifteen + twelve =