O‘QUVCHILAR VA TALABALAR UCHUN «ZAKOVAT STIPENDIYASI»NI BERISH TARTIBI TASDIQLANDI

13.04.2022

2022-2023 o‘quv yilidan boshlab «Zakovat» intellektual o‘yini va boshqa intellektual o‘yinlarning respublika bosqichida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoa a’zolari uchun yil davomida har oy «Zakovat stipendiyasi» beriladi.

«Zakovat stipendiyasi» intellektual o‘yinlarning respublika bosqichida quyidagicha taqsimlanadi:

 1-o‘rinni olgan o‘quvchi-yoshlar va talabalarga BHMning 5 baravari miqdorida (hozirda 1 350 000 so‘m);

 2-o‘rinni olgan o‘quvchi-yoshlar va talabalarga BHMning 4 baravari miqdorida (hozirda 1 080 000 so‘m);

 3-o‘rinni olgan o‘quvchi-yoshlar va talabalarga BHMning 3 baravari miqdorida (hozirda 810 000 so‘m) belgilanadi va yil davomida har oy to‘lab beriladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

3 + 17 =