O‘QUVCHILARNING INGLIZ TILINI BILISH DARAJASI YANGI DASTUR ASOSIDA ANIQLANADI

29.06.2019

Maktab o‘quvchilarining ingliz tilini bilish darajasi yangi, milliy dastur asosida tekshiriladi. Bu haqda Xalq ta’limi sohasida AKTni rivojlantirish markazi axborot xizmati ma’lumotiga asoslanib, kun.uz xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, «Umumta’lim maktab o‘quvchilarining ingliz tili bilim darajasini aniqlash bo‘yicha barqaror kompyuterlashtirilgan baholash tizimini joriy etish» loyihasi ingliz tilini bilish darajasini baholashning yangi mezonlarini va usullarini ishlab chiqish va xalq ta’limi sohasiga tatbiq etishni maqsad qiladi. Bunda kompyuterdagi mantiqiy tuzilgan testlar yordamida o‘quvchilarning ingliz tilida fikrlay olish mahorati baholanadi.

Shuningdek, ingliz tilida erkin suhbat qura olish va o‘z fikrini yozma ravishda ifodalay olish qobiliyati ham alohida yondashuv asosida tekshiriladi.
Bu loyiha AQShning Yangstaun davlat universiteti professori, ingliz tilidagi bilimlarni baholash bo‘yicha xalqaro konsultant Devid Kiyes hamda mahalliy mutaxassislar tomonidan amalga oshirilmoqda. 

Devid Kiyesning qayd etishicha, loyihaning uchta asosiy afzalligi mavjud:
Birinchidan, bu Xalq ta’limi vazirligiga butun Respublikadagi o‘quvchilarning kompyuterni bilish va texnikani tushunish savodxonligini oshirishda keng imkoniyat beradi.
Ikkinchidan, ushbu loyiha respublikaning turli hududlaridagi o‘quvchilarning bilimini solishtirish va qiyosiy tahlil qilish imkonini beradi. Masalan, Namangandagi ingliz tili testi natijasini Buxorodagi natijalar bilan taqqoslash mumkin.
Uchinchidan, test topshirig‘i jarayonida o‘quvchilardagi bir-birlaridan ko‘chirib olish yoki test jarayonida chalg‘ish va test topshiruvchilar suhbat o‘tkazish jarayonida ularning gaplarini bo‘lish kabi noqulaylikarga yo‘l qo‘yilmaydi.

«Ushbu tizim sinov tariqasida 21 iyun kuni Buxoroda, 26 iyun kuni Namanganda o‘tkazildi, 28 iyunda Toshkent shahrida ham o‘tkaziladi. Loyihada 6-, 9-, 11-sinf o‘quvchilari ishtirok etishdi. Natijalar ijobiy. Tizim 2019 ─ 2020 o‘quv yilidan respublikaning barcha hududlariga joriy etilishi rejalashtirilgan», ─ deydi professor Kiyes.

«Ushbu loyiha ta’lim tizimida faqatgina o‘zbeklar orqali amalga oshirilayotgan yagona loyiha hisoblanadi. Bu loyihadagi test tuzuvchilar ham, texnik mutaxassislar ham, platforma mualliflari ham, nazoratchilar ham faqatgina o‘zbeklar. Men bu yutuq bilan o‘zbeklarni tabriklayman», ─ deya qo‘shimcha qildi Devid Kiyes.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

nineteen − 13 =