O‘ZBEK TILI MAVZUSIDA INSHOLAR TANLOVI O‘TKAZILADI

07.10.2019

“Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilinganining 30 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda “huquqiy axborot” kanali.

Qarorga muvofiq, joriy yilning oktyabr oyida “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilinganining 30 yilligi mamlakatimizda keng nishonlanadi.

Qaror bilan ushbu tadbirga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi va o‘tkaziladigan ommaviy ma’naviy-ma’rifiy chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Tashkiliy qo‘mitaga tadbir o‘tkazilishi bilan bog‘liq qator vazifalar yuklatildi.

Xususan, umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘zbek tili mavzusida insholar tanlovi o‘tkaziladi.

Shuningdek, 21-oktabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi san’at saroylarida Qonuni qabul qilinganining 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbirlarini tashkil etiladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

4 × 5 =