O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI BO‘YICHA XALQARO ONLAYN OLIMPIADA

05.10.2022

2022-yil 17—18-oktabr kunlari Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida O‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha xalqaro onlayn olimpiada bo‘lib o‘tadi.

Unda mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar, xorijdagi oliygohlarda o‘qiyotgan talabalar qatnashishi mumkin.

Xalqaro olimpiada jamoalari tarkibi 4 nafargacha ishtirokchi va 1 nafar jamoa rahbaridan iborat boʻladi.

Olimpiada ikki turda o‘tkaziladi va mazkur ikki tur uchun jami 100 ball olish mumkin, bular:

  • ijodiy yozma ish tayyorlash (rasmlar tavsifi) – 50 ball;
  • suhbat – 50 ball.

Olimpiada g‘oliblari va ishtirokchilari xalqaro darajadagi sertifikatlar bilan taqdirlanadilar.

Xalqaro olimpiada ishtirokchilarini roʻyxatga olish 15-oktabrigacha http://uzbektili.edu.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

four × 4 =