O’ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI TALABASI BOLALARNING CHET TILLARINI SAMARALI VA QIZIQARLI O’RGANISHI UCHUN MAXSUS ROBOTNI YARATDI

28.02.2022

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Magistratura bosqichi 1-kurs talabasi Mavlonbek Saparov IT texnologiyalaridan foydalanib, bolalarning chet tillarini samarali va qiziqarli o’rganishi uchun maxsus robot-ustozni yaratdi.

Ko’p yillik izlanishlar natijasida yaratilgan Angelfaces nomli ushbu ixtiro tarkibiga 3ta kitob, 1ta elektron qurilmali ruchka, ya’ni robot-ustoz va 8ta tilni jamlagan.

Mazkur qo’llanma ingliz, rus, koreys, xitoy, fransuz, ispan, o’zbek va arab tillarini qiziqarli mashqlar, dialoglar, intelektual o’yinlar, rasmli lug’atlar va quvnoq ashulalar orqali oson va tez o’rganish imkonini beradi.

Ixtiro egasining ta’kidlashicha, to’plamni yaratishdan ko’zlangan asosiy maqsad, farzandlarimiz vaqtini unumli o’tkazish hamda kitobning har qanday narsadan ustun ekanini ko’rsatishdan iborat.

Videoni ko’rish uchun havola.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

17 − nine =