O‘ZBEKISTON PREZIDENTI OSIYO INFRATUZILMAVIY INVESTITSIYALAR BANKI BOSHQARUVCHILARINING YILLIK UCHRASHUVI OCHILISHIDA ISHTIROK ETDI

25.09.2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-sentabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki Boshqaruvchilar kengashi IX yillik yig‘ilishining ochilish sessiyasida ishtirok etdi.

Sammitning asosiy mavzusi – «Barcha uchun barqaror infratuzilma yaratish». Kun tartibidan global iqtisodiyot va moliya sohalaridagi dolzarb masalalar, Osiyo va dunyoning boshqa mintaqalarida infratuzilmani rivojlantirishning strategik dasturlari va rejalarini muhokama qilish o‘rin olgan.

Davlatimiz rahbari yig‘ilishda nutq so‘zlab, quyidagilarni ta’kidladi:

– Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishi mintaqamizda ilk bor o‘tkazilmoqda. Buning uchun O‘zbekiston tanlangani o‘zaro hurmat va ishonchga asoslangan hamkorligimizning yuksak namunasi, deb hisoblaymiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zbekiston yetakchisi hozirgi kunda dunyoda murakkab geosiyosiy vaziyat saqlanib qolayotganini, global iqtisodiyotda beqarorlik kuchayib, oziq-ovqat va energiya resurslari taqchilligi ortib, ekologik muammolar keskinlashib borayotganini ta’kidladi.

Shu bilan bir qatorda, davlatimiz rahbari Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ortga qaytmas islohotlar va yangilanishlar siyosatiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Iqtisodiyotni erkinlashtirish, aholi turmush darajasi va daromadlarini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgani qayd etildi. Ushbu maqsadlarga erishishda xalqaro moliya institutlari, shu jumladan OIIB bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.

Eng avvalo, tadbirkorlikni faol qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, odamlarning daromad manbalarini ko‘paytirish, aholining sifatli ta’lim va tibbiyotdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, uy-joy sharoitlarini yaxshilash, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, olis hududlarda infratuzilma tarmoqlarini yaratish orqali “ko‘p o‘lchamli” kambag‘allikni qisqartirish dasturi amalga oshirilmoqda.

Inson kapitalini rivojlantirish loyihalarini hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishi sifatida belgilash taklif etildi.

Batafsil.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

one + 12 =