O‘ZBEKİSTON 2021-YİLDA TURKİYAGA BORGAN SAYYOHLAR SONİ BO‘YİCHA COVİD-19 EPİDEMİYASİGACHA BO‘LGAN KO‘RSATKİCHDAN YUQORİLAGAN UCH DAVLATDAN BİRİ BO‘LDİ

02.02.2022

O‘zbekiston 2021-yilda Turkiyaga borgan sayyohlar soni bo‘yicha Covid-19 epidemiyasigacha bo‘lgan 2019-yildagi ko‘rsatkichlardan yuqorilagan uch davlatdan biri bo‘ldi.

Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi 2021-yilda mamlakatga kelgan xorijiy sayyohlar soni haqidagi maʼlumotlarni eʼlon qildi.

Shunga ko‘ra, 2021-yilda Turkiyaga borgan xorijlik sayyohlar soni 30 milliondan oshgan bo‘lsa, O‘zbekiston esa 2021-yilda Turkiyaga kelgan sayyohlar soni bo‘yicha Ukraina va Birlashgan Arab Amirliklari bilan birga Covid-19 epidemiyasigacha bo‘lgan 2019 yildagi ko‘rsatkichlardan yuqorilagan uch davlatdan biri bo‘ldi.

2019-yilda Turkiyaga 252 ming 138 nafar, 2020-yilda 102 ming 598 nafar O‘zbekiston fuqarosi borgan bo‘lsa, 2021-yilda bu ko‘rsatkich 272 ming 604 nafarni tashkil etdi.

O‘tgan yili O‘zbekistondan Turkiyaga borganlar soni esa shu vaqtgacha qayd qilingan eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi . Bunda albatta Turkiyaning Toshkent Elchixonasi Madaniyat va Turizm Maslahatchisining O‘zbekistondagi faoliyati katta o‘rin tutadi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

fourteen + 11 =