O‘ZBEKISTON VA XITOY HAR TOMONLAMA STRATEGIK SHERIKLIKNI MUSTAHKAMLAYDI

18.10.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-oktabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan muzokaralar o‘tkazdi.

O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi do‘stlik va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekistonda, ayniqsa yoshlar orasida xitoy tilini o‘rganishga qiziqish ortib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Toshkent va Samarqanddagi Konfutsiy institutining samarali faoliyati bunga katta hissa qo‘shmoqda. Xitoy tilini o‘qitishni va yosh olimlar o‘rtasidagi almashinuvni kengaytirish rejalari belgilab olindi.

O‘zbekiston Prezidenti Toshkentda Xitoyning yetakchi Sinxua universiteti va Pekin universiteti filiallarini ochishni taklif qildi.

Uchrashuvda ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olindi.

Muzokaralar yakunida davlatimiz rahbari XXR Raisini tashrif bilan O‘zbekistonga kelishga taklif etdi. 

Uchrashuv har doimgidek ishonchli, ochiq va do‘stona ruhda o‘tdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

four × five =