O‘ZBEKISTON-YAPONIYA REKTORLARINING III KONFERENSIYASI BO‘LIB O‘TADI

06.07.2019

Joriy yil 7-9-iyul kunlari Yaponiya vakillar Palatasi deputati, Ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirining parlament o‘rinbosari Xiroyuki Nakamura (Hiroyuki Nakamura) rahbarligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

Tashrif doirasida, 8-iyul kuni soat 09:00da Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida O‘zbekiston va Yaponiya rektorlarining III konferensiyasi o‘z ishini boshlaydi. Konferensiyada oliy ta’lim tizimida arxitektura va qurilish, injeneriya, texnologiyalar hamda ijtimoiy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Yaponiya rektorlarining I va II konferensiyalari 2010 (Yaponiya) va 2015 (O‘zbekiston) yillarda o‘tkazilgan edi. Bu safar 45 kishidan iborat Yaponiya delegatsiyasi tarkibida Ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligi vakillari, Nagoya, Miye, Sukuba, Aiti va Vakayama kabi taniqli universitetlar rektorlari, prorektorlari va fakultet dekanlari bor.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

three + 4 =