O’ZBEKISTONDA BUYUK BRITANIYANING HUQUQSHUNOSLIK UNIVERSITETI FILIALI TASHKIL ETILISHI MUMKIN

29.06.2019

O’zbekiston Adliya vaziri R. Davletov boshchiligidagi O’zbekiston delegatsiyasining London shahriga ishchi tashrifi doirasida Buyuk Britaniyaning huquqshunoslik universiteti (University of Law – ULaw) vakillari bilan O’zbekistonda universitet filialining faoliyatini tashkil etish masalalarini muhokama qilish maqsadida muzokaralar o’tkazildi.

ULaw Buyuk Britaniyadagi nodavlat xususiy universitet bo’lib, u huquqiy daraja, maxsus huquqiy tayyorgarlik hamda advokatlar uchun malaka oshirish kurslarini taqdim etadi.

Muzokarada ULaw rektori Andrea Nollent O’zbekistondagi ULaw filiali faoliyatini tashkil etish bo’yicha hamkorlik loyihasi rejasini taqdim etdi. Xususan, ular tomonidan loyihani amalga oshirish jarayonida tomonlarning huquq va majburiyatlari, amalga oshirish bosqichlari, o’quv dasturlari belgilab olindi, moliyaviy ta’minot masalalari muhokama qilindi.

Loyiha talabalarni biznesni boshqarish dasturlari, LLB xalqaro savdo huquqi bo’yicha o’qitishni nazarda tutadi.

Muhokamalar yakunida tomonlar Toshkentda «huquq» va «biznes» yo’nalishlari bo’yicha yangi xalqaro universitetni (xorijiy universitet filialini) tashkil etishning asosiy tashkiliy masalalarini nazarda tutuvchi anglashuv memorandumini imzoladilar.

Memorandum doirasida yuridik kadrlarni amaliyotchilar uchun uzluksiz rivojlanish dasturlari ham amalga oshiriladi.

Memorandum maqsadlariga erishish uchun tomonlar loyihani amalga oshirish bo’yicha amaliy harakatlar rejasini («yo’l xaritasi») ishlab chiqishga kelishib oldilar.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

four × one =