O‘ZBEKISTONDA “ERTA YOSHDAGI BOLALARNING RIVOJLANISHINI QO‘LLAB-QUVVATLASH” LOYIHASI YO’LGA QO’YILMOQDA

30.05.2023
Project on Promoting Early Childhood Development.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov Xiroshi Saeki boshchiligidagi Jahon bankining ta’lim masalalari bo‘yicha yetakchi mutaxassislari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekistonda “Erta yoshdagi bolalarning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash” loyihasini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha texnik ko‘mak ko‘rsatish maqsadida yurtimizga tashrif buyurgan ushbu mutaxassislar bilan pedagogik kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish tizimi, undagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, o‘quv dasturlari va adabiyotlarni yanada takomillashtirish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Loyihani amalga oshirish davomida qator vazirlik va idoralar qatorida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ham Jahon banki mutaxassislari bilan hamkorligi bo‘yicha kelishuvga erishildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

3 × 2 =